16:14 / 04.02.2016
4447

FIFA reytingi: O‘zbekiston 71-o‘rinda

FIFA rasmiy sayti milliy terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy xabar tarqatdi.

Mazkur reytingda O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oydagi ko‘rsatkichga nisbatanikki pog‘ona yuqorilab, 71-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobida 502 ochko mavjud.

Osiyo mamlakatlari orasida esa O‘zbekiston bir pog‘ona pastlab, 7-o‘ringa tushdi. Sababi Saudiya Arabistoni terma jamoasi o‘tgan oydagidan 20 pog‘ona yuqorilab, 75-o‘rindan 55ga chiqib oldi.

Osiyo terma jamoalari ichida hamon Eron 1-o‘rininni egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, BAA va Avstraliya termalari egallab turibdi.

Umumiy reytingda Belgiya terma jamoasi hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Kevin De Bryuyne yetakchiligidagi terma jamoadan keyingi o‘rinda Argentina hamda Ispaniya terma jamoalari joy olgan.
Amaldagi Jahon chempioni — Germaniya esa to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Quyida TOP-10 va O‘zbekiston terma jamoasi o‘rni bilan tanishib olishingiz mumkin:

1 (1). Belgiya – 1494 ochka
2 (2). Argentina – 1455
3 (3). Ispaniya – 1370
4 (4). Germaniya – 1347
5 (5). Chili – 1273
6 (6). Braziliya – 1251
7 (7). Portugaliya – 1219
8 (8). Kolumbiya – 1211
9 (9). Angliya – 1106
10 (10). Avstriya – 1091...
...
71 (73). O‘zbekiston – 502.

Top