22:41 / 04.02.2016
6924

Internetda uchta fil bir erkakni massaj qilayotgani videosi paydo bo‘ldi

Janubiy o‘lkalardan birida hordiq chiqarayotgan erkak o‘zining xordig‘iga turfalik berishni istadi va antiqa xizmat – fillar massajidan foydalanib ko‘rishga qaror qildi.

Internetda bu holat aks etgan video paydo bo‘ldi.

Videoda gilamcha ustida yuz tuban yotgan erkak va uning tepasida turgan uchta filni ko‘rish mumkin. Erkakning ustiga qizil choyshab yopilgandan keyin, fillar bevosita o‘z "majburiyatlarini", ya'ni erkakni massaj qilishga tushib ketdilar.

Fillardan eng kichigi erkakning boshini, qolgan ikkita kattarog‘i belini va beldan pastroq qismini massaj qilgan.

Erkakning bunga munosabatiga ko‘ra, massaj unga yoqqan ko‘rinadi, chunki u fillar tagidan quvnoq kayfiyatda turib olgan.

 

Massaj ot slona. Master klass ot slonov. #klassnievideo

Opublikovano Klassnie video 30 yanvarya 2016 g.
Top