00:37 / 04.02.2016
9754

Iroqda IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning qarindoshi o‘ldirildi

Iroqning Anbar viloyatidagi Ramadi shahri yaqinida IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning qarindoshi Abu Ahmad as-Samraiy o‘ldirildi. Bu haqda "As-Sumariya" telekanaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, as-Samraiy Iroq harbiy-havo kuchlari shariat sudi joylashgan binoni nishonga olganlari oqibatida o‘lgan.

Jangari bilan birga unga hamrohlik qilgan yana 8 jangari yo‘q qilingan.

Top