13:02 / 04.02.2016
9789

"Kamolon" mavzesida gaz balloni o‘rnatilgan Epica yonib ketdi

3 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining "Kamolon" mavzesida yonayotgan Chevrolet Epica avtomobilining suratlari va videolari tarqaldi.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a'zolari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, bu voqea 1 fevral kuni sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni yong‘inga sabab bo‘lgan.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, Epica butunlay yaroqsiz ahvolga kelgan.

Hozircha ushbu yong‘indan jarohatlanganlar, yong‘in vaqtida avtomobil ichida odam bo‘lgani yoki bo‘lmagan, avtomobil egasi taqdiri haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Top