11:27 / 04.02.2016
3104

Kitob muzeyida Alisher Navoiyning XVII-XX asrlarda chop qilingan nodir asarlari namoyish qilinmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi muzeyida 3-15 fevral kunlari buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan nodir va asosan XVII-XX asrlarga daxldor tarixiy adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, bu yerda shoirning xattotlar tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalari, toshbosma va zamonaviy usullarda chop etilgan asarlari namoyish qilinmoqda.  Ko‘rgazmada g‘arb olimlarining bobokalonimiz Alisher Navoiy hayoti, ijodi va asarlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari ham alohida o‘rin olgan.

Top