15:13 / 04.02.2016
3119

Kreml davlat kompaniyalarini chet ellik investorlarga sotishga tayyorligini bildirdi

Kreml davlat kompaniyalarining sotuvga qo‘yilgan aksiyalarini chet ellik investorlarga sotishga tayyor. Bu haqda RF prezidenti ma'muriyatining rasmiy vakili Dmitriy Peskovga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz chet ellik investorlar bilan ishlashga qiziqyapmiz, va biz sotuvga chiqarilayotgan aktivlarga ular tomonidan qiziqish bildirilishidan mamnum bo‘lamiz”, - ta'kidladi amaldor.

Top