16:45 / 04.02.2016
3976

O‘zbekistonlik dasturchilar "Chicken Feed" avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishdi

“GOLD SOFT" mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari “Chicken Feed" avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishdi. 

"Dastur parranda fermalarda qishloq xo‘jaligi parrandasini muvozanatlangan boqish ratsionini rejalashtirish va hisoblash uchun mo‘ljallangan", deb xabar beradi ima.uz.

Tizim yordamida mahsulotlarning tarkibiy qismlari, omborda mavjudligi, narxlari bo‘yicha ma'lumotlarni qulay shaklda saqlash va tahrir qilish, barcha kerakli komponentlar tarkibini hisoblash va u yoki bu parranda zoti uchun qabul qilingan standartlar bilan qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘lgan holda kunlik ratsionni batafsil tuzish, har bir mahsulot og‘irligi va narxini hisoblashga erishish mumkin.

Mualliflar - Kardashev Mixail va Iksanov Xusainga ushbu dastur uchun № DGU 03380 raqamli guvohnoma berildi.

Top