19:56 / 04.02.2016
5308

«Real» Zidanning maoshi miqdorini oshirdi

«Real» jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatgan.

Uning avvalgi ish joyi bo‘lgan, «Real»ning o‘rinbosarlari jamoasi «Kastilya»dagi shartnomasi 2018 yilga qadar tuzilgandi. Endi bu shartnoma muddati uzaytirilgan va to‘lanadigan maosh miqdori oshirilgan.

Qayd etilishicha, bu borada muzokaralar o‘tkazishga vaqt sarflab o‘tirilmagan, Zidan birinchi taklifgayoq rozilik bildirgan. 43 yoshli bu mutaxassisning aynan qancha miqdorda maosh olishiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Zidan shu yilning 4 yanvarida Rafael Benites ishdan bo‘shatilgach, madridliklar jamoasi bosh murabbiyiga aylangan, o‘shanda mavsum oxirigacha jamoani boshqarib turishi aytilgandi.

Top