19:45 / 04.02.2016
12829

Rossiya Turkiya Suriyaga hujum qilmoqchi ekanligini iddao qilmoqda

Turkiya ayni paytda Suriyaga harbiy hujum qilishga faol bir tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi.

Uning fikricha, “Turkiya qurolli kuchlarining faol harakatlarga tayyorlanayotgani belgilari borgan sayin ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda”.

Shuningdek, general-mayor Turkiya qurolli kuchlari Lazqiya viloyatidagi chegara aholijoylarni o‘qqa tutayotgani borasidagi “shubhasiz” isbot-dalillar, shu jumladan, videomateriallar ham Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan keltirilgan.

“Pentagon, NATO va Suriyada inson huquqlari bo‘yicha boshqa ko‘plab o‘zicha tashkilotlarning so‘zga chechan vakillari, ushbu harakatlarga javob berishga chaqirishimizga qaramay, hanuzgacha sukut saqlayotgani bizni hayron qoldirmoqda”, - qo‘shimcha qildi Konashenkov.

Top