20:49 / 05.02.2016
3801

Anxel Di Mariya: "MYu"da o‘tkazgan kunlarimni eslashni ham istamayman

Ayni vaqtda Fransiyaning "PSJ" jamoasida faoliyat ko‘rsatayotgan argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya "Manchester Yunayted"dan Fransiya chempionatiga ketgani uchun zarracha ham afsuslanmasligi haqida ma'lum qildi. U inglizlar jamoasi a'zosi bo‘lgan davridan faqat yomon xotiralar qolgani va shuning uchun bu davrni eslagisi ham kelmasligini ta'kidlagan.

"Manchesterdagi faoliyatim omadsiz va qayg‘uli tajriba bo‘lgandi. Hammasi o‘ylaganimga va kutganimga zid tarzda bo‘lib chiqdi. Bu jamoaga moslashish uchun harakat qilganman, lekin hech narsaning foydasi bo‘lmagan. Rostini aytadigan bo‘lsam, hozir o‘sha vaqtdagi ishlarning barchasini yaxshi eslay olmayman ham. O‘tgan vaqt ichida bu jamoani unutishga harakat qildim. Bundan keyin ham eslashni istamayman. Shunisi muhimki, hozirda "PSJ"da o‘zimni baxtiyor his qilmoqdaman. Bu chempionatga oldinroq kelishim ham mumkin edi, lekin 2014 yilda bu borada o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmagandi. Shuning uchun, "Real"ga moliyaviya jihatdan yaxshiroq taklif bergan "Manchester Yunayted"ga yo‘l olgandim. Lekin, Angliyadaligimda "PSJ"ga o‘tish niyatida yurardim.

Angliyada o‘zingni ko‘rsatishing uchun jismoniy jihatdan judayam yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishing talab etiladi. Bu ligadagi o‘yinlarning barchasi hakamning oxirgi hushtagi yangragunicha davom etadi.

Lekin, Fransiya chempionati ham kuchsiz emas. Ispaniya bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, u yerda "Real" va "Barselona" har safar raqiblarini katta ustunlik bilan mag‘lub etadi. Fransiya chempionati jamoalarida esa bunday holat kamdan-kam kuzatiladi. Turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalar ham syurpriz tayyorlab qo‘yishi mumkin", deydi u L'Equipe nashriga.

Anxel Di Mariya: Oilam Parijda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda

Anxel Di Mariya: "Real" meni xarajatlarini qoplash maqsadida transfer qilib yuborgandi

Anxel Di Mariya: Manchesterdagi uyimga o‘g‘ri tushgach, bu shahardan ko‘nglim sovidi

Top