15:23 / 05.02.2016
11413

Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2016 yil 2-3 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o‘tkazildi.

DTM rasmiy saytida xabar qilinishicha, test sinovlari CEFR talablari asosida V1, V2 darajalari uchun ingliz tilidan, V2 darajasi uchun arab, koreys, xitoy, yapon, turk tillaridan o‘tkazildi.

2 fevral kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o‘qish”, “yozish”), 3,5 fevral kunlari esa test sinovlarining “suhbat” qismi o‘tkazildi.

Test sinovlarida 56 nomzod ishtirok etdi.

Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro‘yxatda olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).

Top