11:25 / 05.02.2016
4940

Fyuri va Klichkoga arab shayxining yaxtasida jang o‘tkazish uchun 120 mln dollar gonarar taklif etildi

Britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Vladimir Klichko hozircha revansh jangini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishgani yo‘q. O‘tgan yili WBA, WBO va IBO kamarlarini ukrainalik raqibidan tortib olgan Fyurining aytishicha, bu jangni o‘tkazish uchun noodatiy taklif berilgan. Unga Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan va ismi oshkor etilmagan milliarder shayx nomida bu revanshni shayxning 120 kishi sig‘adigan yaxtasida o‘tkazish taklifi bilan chiqishgan. Bu taklifda jang OAV hamda televideniye nazaridan chetta qolishi sharti qo‘yilgan.

"Bizda jangni jurnalistlar taklif etilmagan laynerda, turli tomonlardan kelgan 120 nafar milliarder guvohligida o‘tkazish taklif etildi. Bu o‘ziga xos jozibali g‘oya bo‘ldi, ammo men o‘ylaymanki, bu g‘oya o‘rinsiz bildirildi.

Bizning jangimizni bir hovuch kishilar emas, butun dunyo ko‘rishi kerak. Bu milliarderlar jang uchun har biri 1 million dollardan to‘lashga tayyor va ulra o‘ta xudbinlik bilan taklif berishgan. Biz muxlislar uchun jang qilamiz, bir to‘da boyvachchalar uchun emas", deydi bokschi Sky Sports nashriga.

"Vladimir bilan ikkinchi jangim bo‘lishi kuni hali aniq belgilanmagan, muzokaralar davom etadi. U mening titullar yo‘lidagi raqibim edi va men uni yo‘ldan olib tashladim. Yana bir bor bu ishni qilishga tayyorman. Men bilan ko‘p kuchli bokschilar jang qilishni orzu qilishadi. Masalan, Deontey Uaylder. To‘g‘ri, u menga yetib kelish uchun avval Povetkinni yengishi talab etiladi. Bu esa oson ish emas. Ammo umid qilamanki, u bilan ham bir kuni ringda to‘qnashamiz", deya qo‘shimcha qilgan Fyuri.

Bundan oldinroq, Fyuri va Klichko o‘rtasida revansh jangi 2016 yilning 7 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi.

Top