11:27 / 05.02.2016
3574

Janubiy Koreya KXDRningi raketalar uchirganiga “faol” javob qaytarishga tayyor

Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Xan Min Gu mamlakat qo‘shinlariga KXDR rejalashtirayotgan raketa tashuvchilari parvozini “faol” nazorat qilish vazifasi topshirildi, deya xabar bermoqda “Ryonhap” agentligi.

Mazkur qaror matni harbiy amaldorlarning favqulodda yig‘ilishidan so‘ng e'lon qilindi. Qayd etilishicha, yarimorol bo‘yicha qo‘shni davlatdagi raketa uchirilishi qit'alararo ballistik raketa sinovi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Shimoliy Koreya yaqindagina yadro sinovini o‘tkazganidan so‘ng bizning qo‘shinlar aqliy va jismoniy jangovar shayligini saqlab turishi lozim”, - dedi vazir.

Top