17:26 / 05.02.2016
7218

O‘zbekistonda Uzcard faoliyatida 5 soatlik uzilish kuzatildi

Bugun, 5 fevral kuni ertalabdan Uzcard plastik kartalari to‘lov tizimidagi texnik nosozliklar tufayli karta egalari xaridlar uchun to‘lovni amalga oshira olmagan.

Uzcard milliy to‘lov tizimi saytida aytilishicha, 07:10 dan 12:15 gacha to‘lov terminal tarmog‘i va protsessing markazi o‘rtasida aloqa uzilgan, bunga faol tarmoq uskunasining ishlamay qolishi sabab bo‘lgan.

Ayan shu vaqtdan boshlab tarmoq yana ishlab ketgani aytilmoqda.

Top