11:36 / 05.02.2016
8218

Parijda juda kamyob Ferrari aqlbovar qilmas narxda sotilmoqda


Hashamatli retro avtomobillar ixlosmandlari qattiq hayajonda turibdilar. Parijdagi auksionda 1957 yilda ishlab chiqarilgan juda kamyob Ferrari poyga mashinasi sotuvga qo‘yildi.

Ekspertlar bu mashinaning narxini 32 mln yevroga baholashmoqda, chunki bunday mashinadan dunyoda bor-yo‘g‘i 4 tagina mavjud. Biroq auksionga qo‘yilgan mashina yana boy tarixga ham ega.

Bu Ferrari’ni 1957 yilda "Formula-1"ning Gavanadagi Gran-pri poygasida taniqli britaniyalik poygachi Stirling Moss boshqargan. Bundan keyin mashinani "Formula-1"ning boshqa atoqli poygachilari boshqargan.

Hozirda bu afsonaviy avtomobil Ferrari avtomobillarining eng katta kolletsiyasiga ega bo‘lgan fransuz Per Bardinoga tegishli. Bu markadagi eng qimmat mashina ikki yil avval 28,5 mln yevroga sotilgandi.

Top