09:48 / 05.02.2016
3285

Pentagon Shimoliy Koreyaning raketa uchirishini kuzatishga tayyorlanmoqda

AQSh Shimoliy Koreya tomonidan uchiriladigan raketani kuzatish uchun havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini tayyorgarlikka keltiradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karter ma'lum qildi, biroq aynan qanday vositalar ishlatilishini aytmadi.

Karter AQSh hamon Shimoliy Koreyaning shu kabi dasturlaridan xavotirdaligini ta'kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, Yaponiya mudofaa vaziri raketa uchiriladigan bo‘lsa uni urib tushirishga buyruq berdi.

Top