21:47 / 05.02.2016
9017

Xorijda doimiy yashash uchun ketgan o‘zbekistonliklarga biometrik pasport olishda kechikkanlik uchun jarima qo‘llanmaydi

O‘zbekiston TIV saytining maxsus bo‘limida O‘zbekiston fuqarosi chet elda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan bo‘lsa, biometrik bo‘lmagan pasportini 2015 yil 31 dekabrdan keyin biometrik pasportga almashtirish chog‘ida jarimaga tortilish-tortilmasligi haqidagi savolga javob berilgan.

"O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash uchun chet elga ketgan va 2015 yil 31 dekabrga qadar doimiy konsullik ro‘yxatiga olingan bo‘lsa, O‘zbekistonning xorijdagi konsullik vakolatxonalariga biometrik pasport rasmiylashtirish uchun haqiqiy muddati o‘tmagan O‘zbekiston fuqarolik pasporti bilan murojaat qilsa jarimaga tortilmaydi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIV fuqarolarning eski namunadagi pasportlari xorijda amal qilishi muddati tugagani haqida ma'lum qilgandi.

Undan oldinroq mahalliy nashrlarda O‘zbekiston fuqarolarining eski namunadagi pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirish muddati 2018 yil 1 iyulgacha uzaytirilgani to‘g‘risida norasmiy xabarlar berilgandi.

O‘zbekistonliklar Rossiya Federatsiyasidan faqatgina biometrik pasport bo‘lganda chiqa olishadi

OAV: 2016 yilgacha biometrik pasport olmagan fuqarolar jarimaga tortiladi

Top