16:05 / 05.02.2016
3508

Xose Mariya Mendez: O‘zbekiston futzalchilari dunyoning istalgan jamoasini yengishga qodir

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez 10 fevral kuni start oladigan Osiyo chempionati oldidan jamoaning oldiga qo‘yilgan vazifalari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Turnirdagi eng asosiy maqsadimiz — shu yilning sentabr oyida Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olish. Buning uchun Osiyo chempionatida eng kuchli beshta jamoa safiga kirishimiz kerak bo‘ladi.

Bu O‘zbekiston shu kungacha uddalay olmagan juda murakkab vazifa sanaladi. Bu salbiy holatga barham berishimiz zarur.

Chempionatdagi birlamchi vazifa yarim finalga chiqish va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Keyingi maqsadlarda final yo‘llanmasi va musobaqa g‘olibligi haqida o‘ylashimiz mumkin bo‘ladi.

Albatta g‘oliblik uchun asosiy da'vogar jamoalar bu Eron, Yaponiya va Tailand terma jamoalari. Biroq O‘zbekiston ham bugungi kunda istalgan terma jamoani yuta olish salohiyatiga ega», deya Mendezning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sputnik-O‘zbekiston.

Top