15:09 / 05.02.2016
2602

Zimbabveda qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat e'lon qilindi

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasi qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rayotgani munosabati bilan favqulodda holat e'lon qildi.

Ayni vaqtda mamlakat aholisining 26 foizi oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi muammosiga to‘qnash kelgan.

Favqulodda vaziyat haqida e'lon qilish orqali xalqaro hamjamiyat e'tiborini muammoga qaratish ko‘zda tutilgan.

Top