16:58 / 06.02.2016
2447

Guus Xiddink: Biroz oldinroq menga ham Xitoy jamoasidan taklif bo‘lgandi

Ayni vaqtda "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan gollandiyalik mutaxassis Guus Xiddink Londonga kelishidan oldin Xitoy chempionatida ishlash varianti ham bo‘lganini aytib o‘tdi.

"Xitoy jamoalaridan biri menga taklif bilan chiqqaniga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.

Agar dunyodagi turli ligalarni solishtiradigan bo‘lsak, eng jozibadori Angliya premer-ligasi bo‘lib qolaveradi. APL o‘yinlarini dunyoning barcha nuqtalarida tomosha qilishadi. Katta shaharlardan tortib kichik qishloqlarda ham. Umuman olganda, APLga bo‘lgan talab va bu yerdagi jamoalarning moliyaviy imkoniyatlari yaqin vaqtlar ichida pasaymasa kerak", deydi Xiddink.

Top