19:04 / 06.02.2016
3277

"Manchester Siti" Gvardiola tasviri tushirilgan sharflarni sotuvga chiqardi

"Manchester Siti" jamoasiga tegishli do‘konda jamoani mavsum yakunida boshqarishga kirishadigan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiolaning yuzi tasviri tushirilgan sharflar sotilishi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola o‘tgan yil oxirida "Bavariya"ni tark etishi haqida e'lon qilgandi. 1 fevral kuni esa "shaharliklar" bu mutaxassis bilan avvaldan 4 yillik shartnoma tuzib qo‘yishgani to‘g‘risida ma'lum qildi.

Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini esa o‘rniga Gvardiola kelishi haqida ancha oldin xabardor bo‘lgani, bu o‘zgarish uning roziligi bilan amalga oshirilgani haqida aytgan.

Top