08:05 / 06.02.2016
3711

Minglab iPhone’lar iOS operatsion tizimi yangilangandan keyin ishlamay qolmoqda

iPhone 6 smartfonining minglab egalari Apple operatsion tizimi iOS’ning oxirgi yangilanishidan keyin agar smartfon Apple mutaxassisidan boshqa chetki mutaxassis tomonidan ta'mirlanganini aniqlasa, muntazam o‘chib qolmoqda. Bu haqda Guardian nashri xabar bermoqda.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, "53-xato" deb nomlanuvchi xato qurilmani yaroqsiz holatga keltirishi mumkin.

Ehtimol, muammo smartfonning barmoqlar izini aniqlashga javob beruvchi Home tugmasi ishdan chiqqanda va smartfon egasi Apple’dan boshqa "norasmiy" kompaniyalar yoki shaxslarga yordam bilan murojaat qilgan holda yuzaga keladi. 

Ushbu xato paydo bo‘lganda smartfondagi barcha fotosuratlar yoki boshqa ma'lumotlar tiklab bo‘lmaydigan holda o‘chib ketadi.

Ekspertlarning fikricha, kompaniya bu holatdan xabardor, biroq hech qanday chora ko‘rmayapti.

Top