08:37 / 06.02.2016
9414

Tayvandagi kuchli zilzila tufayli 17 qavatli uy yer bilan bitta bo‘ldi

Tayvanning janubi-g‘arbiy qismidagi Taynan shahrida kuchli zilzila natijasida 17 qavatli uy qulab tushgan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, vayronalar ostidan hozirgi vaqtgacha 123 kishi chiqarib olingan. Bu binoda jami 60ta uy bo‘lgan va ularda yashayotganlar soni 240 nafardan ortiqni tashkil etgan.

Ayni vaqtda qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan oldinroq, Tayvanda 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Manbalarda yozilishicha, zilziladan keyin 4 marta qaytalanish kuzatilgan.

Top