09:15 / 06.02.2016
2905

Tayvandagi zilzila tufayli qulagan bino vayronalari ostidan 160 kishi chiqarib olindi

Qutqaruvchilar Tayvanning janubidagi Taynan shahrida zilzila tufayli qulab tushgan 17 qavatli bino vayronalari ostidan 160 kishini chiqarib olishdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar tarqatgan.

Associated Press agentligi ma'lumotiga ko‘ra, chiqarib olinganlardan 154 nafari shifoxonaga yotqizilgan, 3 nafari halok bo‘lgani qayd etilgan.

Bundan oldinroq, Taynan meri zilzila tufayli qulagan bu uy ostidan halok bo‘lganlar topilgani haqida ma'lum qilgandi.

Mahalliy OAVda yozilishicha, 40 yoshli kishi va uning chaqalog‘i zilzila qurboni bo‘lgan.

Tayvandagi kuchli zilzila tufayli 17 qavatli uy yer bilan bitta bo‘ldi

Top