15:49 / 06.02.2016
3583

Urugvaylik futbolchi: Bugungi kunda Suares Messidan kuchliroq

Argentinaning «Independente» klubining urugvaylik futbolchisi Kristian Rodriges vatandoshi Luis Suaresning manzili tomon yaxshi so‘zlarni yo‘lladi. Uniing fikricha hozirgi kunda Luis Suares istalgan futbolchidan kuchliroq.

«Bugungi kunda Suares Messidan ko‘ra kuchliroq. U hohir aqlbovar qilmas darajadagi formada.

Men u bilan faxrlanaman. Sababi Luis mening vatandoshim va u bilan bitta terma jamoa sharafini himoya qilamiz», – deya ta'kidladi Rodriges.

Ma'lumot uchun, oxirgi beshta uchrashuvda Suares «Barselona» safida 9 gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top