12:17 / 07.02.2016
11484

2015 yilda Amerika fuqaroligidan voz kechganlar soni rekord darajaga yetdi

2015 yilda AQSh fuqaroligi va mamlakatda uzoq muddat istiqomat qilishdan voz kechganlar soni rekord darajaga yetdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, bir yil davomida 4279 kishi fuqarolikdan kechgan. 2015 yilda ketma-ket uchinchi yildan buyon bu borada rekord natija qayd etilayotgani ma'lum qildi.

WSJ ekspertlari fikricha, fuqarolikdan voz kechish AQSh hukumatining amerikaliklarning ofshorlardagi hisob raqamlariga qarshi kurash kampaniyasi bilan bog‘liq.

Vashingtonning xorijdagi daromadlar uchun soliq to‘lovlarini o‘rnatish bilan bog‘liq siyosati ham fuqarolikdan voz kechishga sabab bo‘layotgani ham ta'kidlanmoqda.

Top