19:29 / 07.02.2016
2905

APLning yetakchi jamoalari chiptalar uchun narxlarni arzonlashtirish taklifiga qarshi chiqmoqda

APLning ko‘pchilik jamoalari safar o‘yinlari uchun chiptalarning bir xilda, 30 funtdan qilib belgilab qo‘yilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab chiqishgan.

Joriy haftada taklif etilgan bu g‘oyaga APL grandlari bo‘lmish «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Tottenhem», «Chelsi» hamda London shahrining yana bir jamoasi «Vest Hem» qarshi chiqqan. Mart oyida bu masala bo‘yicha ovoz berish ishlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

Daily Mail nashrida xabar qilinishicha, liganing boshqa jamoalari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, liga rahbariyatiga bosim o‘tkazishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni APLning 25 turi doirasida «Liverpul» muxlislari «Sanderlend»ga qarshi kechayotgan o‘yinning 77 daqiqasida jamoa rahbariyatiga norozilik petitsiyasi sifatida stadiondan chiqib keta boshlashdi. Bunga o‘yinlar uchun eng arzon chiptalar narxi 59 funt sterlingdan 77 funt sterlinggacha ko‘tarilgani sabab bo‘ldi. Natijada, o‘yinning qolgan qismida mersisaydliklar 2ta gol o‘tkazib yuborishdi va g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.

Top