16:37 / 07.02.2016
4764

WSJ: Eron Yevropa neft bozorini ekspansiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

G‘arb sanksiyalari bekor qilinganidan so‘ng Eron Yevropaga kuniga 300 ming barrel neft eksport qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Wall Street Journal nashri Eron Neft vaziri Bijan Zangane so‘zlariga tayangan holda.

Eron Yevropaga eksport qilinadigan neft hajmini birinchi marta rasman e'lon qildi. Zanganening qayd etishicha, Eron Osiyo mamlakatlari hisobiga yaqin bir necha oy ichida kunlik eksport hajmini 500 ming barrelga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Eronning uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan rejalari neft eksportidagi asosiy raqobatchilari — Rossiya, Saudiya Arabistoni va AQSh o‘rtasidagi Yevropa neft bozoridagi o‘z ulushini egallash kurashni murakkablashtirib, raqiblarini yangi usullarni topishga majburlamoqda.

Top