19:54 / 08.02.2016
10967

Britaniyalik xitoyliklarga toza havo sotishni yo‘lga qo‘ydi

27 yoshli britaniyalik fermer Leo De Uotts badavlat xitoyliklarga toza havo sotishni yo‘lga qo‘ydi. 80 funt sterling (116 dollar atrofida) evaziga u Uels va Dorsetdagi Somerset kanorasidan olingan havoni bankaga to‘ldirib sotmoqda.

Bundan avvalroq Kanadaning Vitality Air startapi ham Xitoyga toza havo eksportini yo‘lga qo‘ygan edi. Qoyali tog‘larning toza havosi to‘ldirilgan ballonlar ichida 7.7 l toza havo bo‘lib, uning narxi 100 yuan yoki 15 dollarni tashkil qiladi. Bu Xitoyda bir shisha mineral suvning narxidan 50 barobar qimmat degani.

Top