07:37 / 08.02.2016
14023

Erdo‘g‘an Putinni Suriyani bosib olishda ayblamoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara Suriyada AQSh taklifi bilan Saddam Husayn tuzumini ag‘darish uchun koalitsiyaga kirishni rad etgani kabi xatolarga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

"Biz Suriyada ham Iroqdagi kabi xatoga yo‘l qo‘ymoqchimasmiz. Suriyada bo‘layotgan voqealar ma'lum vaqtgacha davom etishi mumin. Qandaydir vaqtda u o‘zgarishi kerak", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya harbiy kuchlari Suriyada "istalgan vaziyatlarga tayyor". U turk qo‘shinlarining Suriyada quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazishi mumkinligi borasidagi savolga "bunday narsalar haqida gapirib bo‘lmasligini" aytdi. Biroq "zarur bo‘lganda, kerakli ishni qilish lozim" deb qo‘shimcha qildi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Suriya hukumat qo‘shinlarining Halabni ozod qilishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Uning aytishicha, shaharni ozod qilishda suriyalik askarlarga Rossiya harbiy-koinot kuchlari yordam bermoqda. 

"Siz Suriyada nima qilmoqdasiz? Siz mohiyatan bosqinchisiz", deb aytdi Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yuzlanib.

Top