18:43 / 08.02.2016
3600

O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi: sportchilarimiz Zika virusidan tashvishlanmasa ham bo‘ladi

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi mahalliy sportchilar va jamoatchilik vakillariga dalda berib, Braziliyada Zika virusiga yo‘liqish xavfi yo‘qligini uqtirishdi. Shu yilning yozida u yerda Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi.

Qo‘mita xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bahodir Husanxo‘jayevning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan hafta Xalqar olimpiya qo‘mitasidan rasmiy xat kelib tushgan bo‘lib, unda barcha davlatlar sportchilari xavotirlanmaslikka chaqirilgan.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Braziliya hukumati va Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Zika virusi bilan bog‘liq vaziyatni nazorat ostida tutib turgan aytilmoqda.

Top