14:25 / 08.02.2016
13738

Sherali Jo‘rayev olim bo‘lishi mumkin edimi?

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli hofiz Sherali Jo‘rayev bolaligida otasining undovi bilan o‘zini adabiyot ilmiga bag‘ishlashi mumkin edi, ammo taqdir taqozosi bilan musiqa yo‘lini tanladi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, xalq hofizi unda adabiyotga muhabbat uyg‘otgan shaxs Alisher Navoiy bo‘lganligini alohida ta'kidladi.
“Maktabda o‘qib yurgan yillarimda otam menga ko‘k rangli qattiq muqovali “Xamsa” sovg‘a qildilar,- eslaydi Sherali Jo‘rayev.- Kitobning bir betida doston matni,narigi betida baytlarning nasriy bayoni berilgandi. Otam oshnalari bilan osh yeb bo‘lgach, meni chaqirib, “Xamsa” o‘qitardi. So‘zlarni dona-dona qilib, radiodagi suxandon akalarimizga o‘xshatib o‘qiganim otamga yoqardi, shekilli, har zamonda “Shu o‘g‘lim, Xudo xohlasa olim bo‘ladi”, deb qo‘yardi. Olim bo‘lish-ku nasib etmadi, ammo hazrat Navoiyga muhabbat bir umrlik hamrohimga aylanib qoldi”.

Top