17:25 / 08.02.2016
5535

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari yana bir bir chegara uchastkasi ustida talashib qolishdi

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari yana bir bir chegara uchastkasi ustida talashib qolishdi. Tojikiston matbuotida yozilishicha, mamlakat hududida, chegara ustida joylashgan uylarda Qirg‘iziston bayroqlarining osilishi ixtilofni keltirib chiqargan.

“So‘g‘d viloyati chegara qo‘shinlari rahbariyati Bobojon G‘afurov tumanidagi Ovchi-Qalachi tojik jamoati uylarida o‘z bayroqlarini osib qo‘ygan qirg‘izistonlik chegarachilarning xatti-harakatlarini provokatsiya deb baholamoqda”, - deyiladi xabarlarda.

Viloyat chegara qo‘shinlari boshqarmasi boshlig‘i general Muhammad Ja'farovning ta'kidlashicha, voqeani o‘rganish maqsadida qirg‘izistonlik hamkasblar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

“Ovchi-Qalachi qishlog‘i Tojikiston yoki Qirg‘izistonga butunlay tegishli ekanligi hozircha aniqlashtirilgani yo‘q, - tan oldi harbiy. – Shu bois ular, aytaylik, maktabda o‘z bayroqlarini osib qo‘yishlari mumkin edi. Biz bu savolga hanuzgacha javob ololmadik”.

Top