17:22 / 09.02.2016
6931

Andijon ko‘chalarida nur qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan sariq rangdagi piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi

Andijon shahridagi piyodalar yo‘lagidan biri noodatiy rangga bo‘yaldi. Yangi turdagi bu piyodalar o‘tish yo‘lagining suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Internet foydalanuvchilarining qayd etishicha, piyodalar o‘tish joyining nur qaytargichli ko‘rinishi qorong‘ulikda ham piyodalar xavfsizligini ta'minlaydi.

"Andijonda piyodalar o‘tish yo‘laklari (zebra) (1.14.1-1.14.3 chiziqlari) va piyodalar o‘tish yo‘lagi to‘g‘risidagi axborot-ishora (5.16.1-5.16.2) va ogohlantiruvchi belgilar (1.20) e'tiborni tortuvchi sariq nur qaytaruvchi chiziq va hoshiyalarga bo‘yalmoqda", deydi manba.

Suratlarda piyodalar o‘tish joyining sariq rangda ekani va u nur qaytarish xususiyatiga ega ekanini ko‘rish mumkin. Izohlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati piyodalar o‘tish joyining yangicha ko‘rinishiga ijobiy baho berishgan.

Top