17:19 / 09.02.2016
4444

Antalya Rossiya va Turkiya munosabatlarining buzilishidan eng katta zarar ko‘radigan kurort bo‘ladi

Rossiya va Turkiya munosabatlaridagi inqiroz oqibatida eng katta zarar Antalya kurorti va unga yondosh viloyatlarga keladi. Bu haqda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov aytib o‘tdi.

“Antalya va u bilan qo‘shni viloyatlar munosabatlarning bugungi ahvolidan eng katta zarar ko‘radi, - dedi u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida. – Bir tomondan, bu turizm markazi, boshqa tomondan esa, ushbu mintaqa Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy hudud edi. Bir Turkiyadan bunday mahsulotni taxminan 1 mlrd dollarlik xarid qilardik, savdo hajmi doimiy ravishda o‘sib borayotgandi. Hozir Turkiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish cheklov ostida”.

Top