10:54 / 09.02.2016
2611

Facebook 1 mlrd hindni internet bilan ta'minlamoqchi

Facebook kompaniyasi hindistonlik foydalanuvchilarni internet bilan ta'minlash g‘oyasidan qaytmadi. Bu haqda kompaniya rahbari Mark Tsukerberg ta'kidlab o‘tdi.

Yaqinda Hindiston hukumati Facebook ilovasi orqali bir qator saytlarga bepul kirish imkoniyatini yopib qo‘ygan edi. Tsukerberg ushbu holatga izoh berib o‘tdi.

“Biz hech qachon Hindistonda aloqani ta'minlashday muhim maqsaddan qaytmaymiz, negaki ushbu davlatdan milliarddan ortiq odam internetga kira olmaydi”, - dedi u.

“Ularga aloqa taqdim etib, qashshoqlikdan chiqishga yordam berishimizni, millionlab ish o‘rinlari yaratishimizni va ta'lim olish imkoniyatini berishimizni bilamiz”, - qo‘shimcha qildi Tsukerberg.

Top