09:58 / 09.02.2016
2411

Janubiy Koreya AQSh va Yaponiya bilan KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish ustida ishlamoqda

Janubiy Koreya prezidenti Pan Kin Xe AQSh prezidenti Barak Obama va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan telefon orqali muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Moviy uy matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Kin Xe xonim yaponiyalik va amerikalik hamkasblari bilan Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Uch tomonlama hamkorlik Pxenyan tomonidan raketa sinovlarining to‘xtatilishiga qaratiladi.

Bundan tashqari, KXDR masalasida harbiy rahbarlarning uch tomonlama videokonferensiya o‘tkazilgan.

Top