19:39 / 09.02.2016
12247

Oq Uy saytida Obamani harbiy jinoyatchi sifatida sudga berish haqida petitsiya paydo bo‘ldi

Oq Uyning rasmiy saytida AQSh prezidenti Barak Obamani harbiy jinoyatchi sifatida sudga topshirish haqidagi petitsiya joylashtirildi. Murojaatda aytilishicha, jarayon Gaagadagi xalqaro tribunalda o‘tishi lozim.
Petitsiya muallifining so‘zlariga qaraganda, Obama nafaqat AQSh, balki boshqa davlatlar fuqarolariga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda aybdordir.
“Tarixdagi eng dahshatli qamoqlardan biri – Guantanamo – haligacha ishlamoqda. Liviya Obamaning agressiyasi oqibatida vayron bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Top