18:04 / 09.02.2016
4819

«Oskar» mukofotiga nomzodlar birgalikda suratga tushishdi

2016 yilgi «Oskar» kinomukofoti uchun nomzodlar birgalikda an'anaviy tarzda suratga tushishdi. Bu haqda People xabar qilgan.

Guruh surati Beverly Hilton mehmonxonasida o‘tkazilgan maxsus qabul vaqtida tushirilgan. Marosimda odatdagi tartibda bu yilgi mukofot uchun nomzodlar, jumladan Leonardo DiKaprio, Alisiya Vikander, Bri Larson, Silvestr Stallone, Ledi Gaga, Jyennifer Lourens, Mett Deymon kabi aktyorlar ishtirok etishgan.

Nomzodlarga marosim vaqtida maxsus sertifikatlar topshirilgan.

Qayd etilishicha, qabulda Stallonening ham bo‘lishi katta qiziqishlarga sabab bo‘lgan. U DiKaprio bilan bir necha daqiqa davomida suhbat qurgan.

Nashrning eslatishicha, bu «Oskar» taqdimotini hech kim Stallone kabi intiqlik bilan kutmayapti. U oxirgi marta 40 yil oldin mukofot uchun nomzod bo‘lgandi.

Top