18:08 / 09.02.2016
11826

Rim papasi Yevropani qisir ayolga o‘xshatgani Merkelning jahlini chiqardi

Rim papasi Frantsisk jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkel unga qo‘ng‘iroq qilib, g‘azab bilan Yevropani “tug‘maydigan ayol”ga qiyoslagani uchun tushuntirish talab qilganini aytdi, deb xabar bermoqda Corrierer della Sera.

Aytilishicha, papa 2014 yil martida Yevroparlamentdagi chiqishida bu o‘xshatishni tilga olgan. U Yevropa jamiyatining ahvolini keskin tanqid ostiga olib, uni, shuningdek, keksa va charchagan kishilarga o‘xshatgan. U Yevropani qo‘rquvdan xalos bo‘lib, yetakchiligini tiklashga undagan.

Pontifikning uqtirishicha, shu chiqishidan so‘ng unga Germaniya yetakchisi qo‘ng‘iroq qilgan.
“Men Yevropani bola tug‘a olmaydigan ayolga o‘xshatganimdan jahli chiqqan edi uning”, - ta'kidladi Frantsisk.

Top