23:55 / 09.02.2016
5731

Rossiyalik fazogir Xalqaro koinot stansiyasi yaqinida selfi tarzida suratga tushdi

Roskosmos fazogiri, hozirda Xalqaro koinot stansiyasida (XKS) bo‘lgan Sergey Volkov yana bir fazogir Yuriy Malenchenko bilan 2016 yil 3 fevralda ochiq koinotga chiqqani suratlarini internetda chop etdi.

Malenchenko va Volkovning XKSdan tashqarida bo‘lishlari davomiyligi 4 soat 43 daqiqani tashkil qildi. Fazogirlar ular oldiga qo‘yilgan barcha vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishdi. Fazogirlar ochiq koinot sharoitida organik va biologik materiallar namunalariga nur tushishiga javob beruvchi monoblokni demontaj qildilar va uning o‘rniga 2-sonli namunalar blokini o‘rnatishdi.

Bundan tashqari, ishlar bajarilishi oldidan fazogirlar stansiyaga 2015 yilda yetkazilgan "XKSga SMSlar, 70 mingta rahmat" deb nomlangan flesh-kartani ochiq koinotga uchirib yubordilar.

Fazogirlar tushgan suratlarda XKS konstruksiyasining qismlari va bizning sayyoramizni ko‘rish mumkin. Yuriy Malenchenko hattoki selfi tarzida suratga tushishga ham ulgurgan.

Top