10:46 / 09.02.2016
3782

Saudiya Arabistoni Suriyaga IShIDga qarshi kurashish uchun maxsus qo‘shinlarni yuborishga tayyor

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr hukumatning Suriyadagi terroristlarga qarshi quruqlikda kurashga mamlakat qurolli qo‘shinlarini jalb qilish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, agarda AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya quruqlikda ham amaliyotlar boshlaydigan bo‘lsa, Saudiya maxsus qo‘shinlarni yuborishi mumkin.

Bundan avvalroq esa qo‘shni Bahrayn ham Suriyada quruqlikda harbiy amaliyotlar olib borishga tayyor ekanini ma'lum qilgan edi.

Top