10:37 / 09.02.2016
2420

Sud Texas hukumati suriyalik qochqinlarni joylashtirish taqiqini joriy etishiga yo‘l qo‘ymadi

Ostin shahri sudi Texas hukumatining shtat hududida suriyalik qochqinlarni joylashtirishni taqiqlash borasidagi da'vosini rad qildi. Bu haqda okrug sudyasi Devid Gudbi ma'lumot berdi.

U o‘z qarorini shtat rahbariyati qochqinlar mahalliy aholiga tahdid solishini isbotlovchi dalillar keltirmagani bilan izohladi. Shu bilan birga, u Parijdagi teraktlardan so‘ng mavjud xatarni inobatga olmaslik ahmoqlik bo‘lishini tan oldi.
“Respublikachi shtatlar orasida eng respublikachisi bo‘lgan Texas suddan o‘ziga oid bo‘lmagan siyosiy botqoqqa burun suqishni so‘rashi juda g‘alati”, - kinoya bilan qo‘shimcha qildi sudya.

Top