20:54 / 10.02.2016
3158

Abramovich "Chelsi" bosh murabbiyligiga Simeoneni taklif etish g‘oyasidan voz kechdi

Roman Abramovich Diyego Simeoneni "Chelsi"ning bo‘lg‘usi bosh murabbiyi sifatida ko‘rmayapti.

Daily Mail nashrida xabar qilinishicha, rossiyalik milliarderga "Atletiko" namoyish etayotgan o‘yin uslubi yoqmaydi. U Simeonening uslubini "Chelsi"ning sobiq ustozi Joze Mourino uslubiga o‘xshaydi deb hisoblagan va uni jamoa boshqaruviga taklif etish fikridan qaytgan.

Qayd etilishicha, Roman Abramovichga "Yuventus"ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yoki Italiya termasi bosh murabbiyi Antonio Konte varianti ko‘proq ma'qul kelmoqda. U yozda shu ikki murabbiydan birini Londonga olib kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi"ni o‘tgan yilning dekabrida Joze Mourino tark etgach, uning o‘rniga tayinlangan Guus Xiddink bilan shartnoma mavsum oxiriga qadar imzolangan.

Top