00:17 / 10.02.2016
4292

Braziliyalik darvozabon diniy e'tiqodi sababli shanba kunlari futbol o‘ynashdan voz kechdi

Braziliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Londrina" klubi darvozaboni Karlos Vitor diniy e'tiqodi sababli o‘z jamoasining barcha o‘yinlarida ishtirok eta olmasligini aytdi, deb yozmoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

30 yoshli braziliyalik klub rahbariyatiga u e'tiqod qiladigan din – adventizm unga juma kuni quyosh botishidan to shanba kuni kechasigacha futbol o‘ynashni taqiqlaydi.

Shu sababli klub darvozabon bilan may oyida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

Top