17:52 / 10.02.2016
6314

Eron neft uchun yuanda haq to‘lashni taklif qildi

Eron jahon bozorlariga yetkazib berilayotgan neft uchun nafaqat yevro, balki yuan va boshqa kuchli valyutalarda ham hisob-kitob qilishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu maqsadlarga dollar to‘g‘ri kelmaydi.

Neft vaziri o‘rinbosari v.b. Mas'ud Xoshimiyonning so‘zlariga qaraganda, Eron AQSh valyutasiga bog‘lanib qolishni istamaydi.

RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq ravishda qabul qilingan rejaga muvofiq ayrim sohalarda cheklovlar hanuzgacha saqlanib turibdi.

Top