08:20 / 10.02.2016
3189

Eron Saudiya Arabistoni bilan neft bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi

Eron neft vaziri Bijon Zangoniy Eron Saudiya Arabistoni bilan neft bozorlaridagi vaziyatni muhokama qilishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda PressTV.

"Biz OPeKka a'zo davlatlar, jumladan Saudiya Arabistoni bilan ham istalgan shakldagi suhbat va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz", deb aytdi Zangoniy.

Uning aytishicha, Fors ko‘rfazining ba'zi davlatlari narxlar pasayishini qo‘llab-quvvatlash bilan iqtisodiy foyda ko‘rishmoqchi ekanligini e'lon qilishgan. Vazirning aytishicha, "ular erishmoqchi bo‘lgan asl narsa umuman iqtisodiy foyda uchun bo‘lmayapti".

"Mustahkam siyosiy iroda mavjud bo‘lsa, neft narxini bir hafta ichidayoq muvozanatlash mumkin", deb aytdi Zangoniy.

Zangoniyning aytishicha, neft ishlab chiqaruvchilardan birortasi joriy narxlardan xursand emas, chunki bu ularga uzoq muddatli istiqbolda ziyon yetkazadi.

Top