15:44 / 10.02.2016
5955

FVV Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelishidan ogohlantirdi

9-11 fevral kunlari Qamchiq dovonida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. 

"9 - 11 fevral kunlari Qamchiq dovonida A-373 avtomobil yo‘lida qor, 50 - 100 metr uzoqlikda ko‘rinish darajasining yomonlashishi, shamol tezligining soniyasiga 20 - 25 metrgacha kuchayishi kutilmoqda", - deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabarida.

O‘tgan yilning dekabrida ham noqulay ob-havo sharoitlari tufayli dovon yopib qo‘yilgandi.

Ma'lumot uchun, Qamchiq dovonidan har kuni o‘rtacha 15-20 ming avtomobil qatnaydi. Hududdagi yo‘llarda qor yoqqan vaqtda harakatlanish qiyinlashadi va xavfli yo‘l transport hodisalari yuzaga kelishi xavfi ortadi.

Top