07:40 / 10.02.2016
2473

Nyu-Gempshirdagi praymerizda Tramp va Sanders yetakchilik qilmoqda

AQShning Nyu-Gempshir shtatidagi praymerizda (dastlabki saylovlarda) AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzodlar orasida Donald Tramp va Demokratlar partiyasidan Berni Sanders yetakchilik qilmoqda, deb xabar bermoqda MSNBC.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp 34 foiz ovoz (31 ming 517 kishi) yiqqan, 2-o‘rinni Jon Kasich (16 foiz), 3-o‘rinni Ayovadagi praymeriz g‘olibi Ted Kruz (12 foiz), 4-o‘rinni Jyeb Bush (12 foiz) egallagan.

Demokratlar partiyasi nomzodlari o‘rtasida praymerizda Berni Sanders yetakchilik qilmoqda, unga 59 foiz, ya'ni 49 ming 506 odam ovoz bergan.

AQShning sobiq Davlat kotibi Xillari Klinton 2-o‘rinni egallamoqda, unga 32 ming 843 odam ovoz bergan (39 foiz).

Bu hali yakuniy natijalar emas, chunki byulletenlar hisoblanishi hali davom etmoqda.

Top