10:41 / 10.02.2016
5215

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida qimmatbaho spirtli ichimliklar kontrabandasi oldi olindi

Qozog‘istonlik chegarachilar Sariyog‘och chegara otryadining "B.Konysbayeva avto" chegara o‘tkazish punktida xizmat iti yordamida "Shevrole Captiva" avtomobilida Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekistonning 52 yoshli fuqarosini ushladilar, deb xabar bermoqda Qozog‘iston milliy xavfsizligi matbuot xizmati.

Transport tekshirilganda unda deklaratsiya qilinmagan 12 ta 1 litrli Jack Daniel's viskisi, 12 ta 0,5 litrli Hennessy konyagi, 12 ta 0,5 litrli "Talka" arog‘i, Samsung Galaxy, Lenovo mobil telefonlari, Samsung Tab4 plansheti, Lieder markasidagi binokl aniqlandi.

Ma'lum qilinishicha, qoidabuzar hibsga olingan, noqonuniy tovar musodara qilingan.

Top